Soxta havola orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan shovvoz qo‘lga tushdi
Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli ayol S.G IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 4.949.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 42 yoshli N.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi N.A. Internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar