“Soxta havola” orqali sodir etilgan yana bir kiberjinoyat fosh etildi
Namangan viloyatida yashovchi 32 yoshli S.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 500.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi X.B. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, X.B. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali har xil mavzudagi xabarlarni soxta havola bilan jo‘natib, bu e’longa ishongan jabrlanuvchi X.B. ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan X.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar