Soxta havolaga ishongan ayol 10 millionga yaqin pulga “tushdi”
Farg‘ona viloyatida yashovchi (ayol) U.M. IIOga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum sabablarga ko‘ra uning 10 mln.ga yaqin pul mablag‘lari yechib olinganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi T.A., jabrlanuvchi ayol U.M.ga “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning 10 mln.ga yaqin pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a,b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a,b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar