“Soxta makler” fuqaroning 1 yarim million pulini o’g’irladi

Toshkent shahida yashovchi 23 yoshli X.O. IIOga murojaat qilib, noma’lum shaxs ijaraga uy topib berish uchun 1.500.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari “oldindan to‘lov” sifatida o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi E.I. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Xabarga ko’ra: “E.I. makler emas, aslida qorovul ekanligi, tanishuvlar jarayonida X.O.ning ishonchiga kirish orqali ijaraga arzon xonadon topib berishni va’da qilib, oldindan to‘lov sifatida o‘zining bank kartasiga 1.500.000 so‘m pullarni o‘tkazdirib olganligi, so‘ng uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermasdan, “qora ro‘yxatga” kiritib qo‘ygan”.

Mazkur holat yuzasidan E.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.