“Soxta makler” fuqaroning 4 yarim million pulini o’g’irladi

Foto: olx.uz

Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli Yo.A. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4.540.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan G.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan G.D., jabrlanuvchi Yo.A. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini ijaraga uy berishini aytgan va aldov yo‘li bilan 4.540.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan G.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.