Soxta onlayn sotuvchilardan ogoh bo’ling
Farg‘ona viloyatida yashovchi A.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 700.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi muqaddam JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan X.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi X.S. “Olx” platformasida “Acer” rusumli noutbuk arzon narxda sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi A.Sh. bilan telefon orqali gaplashib, 4 mln. so‘mga o‘zaro kelishib olishgan. Firibgan mazkur noutbuk uchun oldindan 700.000 so‘m miqdoridagi pullarni “avans” tariqasida o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar