Soxta “PUBG” akkaunt sotaman deya fuqaroning salkam 1 yarim million pulini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli I.H. murojaat qilib, o‘z arizasida telegram messenjerida “noma’lum shaxs” tomonidan 1.470.000 so‘m miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olinganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 20 yoshli E.A. sodir etganligi aniqlandi.
E.A., I.H. bilan telegram messenjerida tanishib, unga “PUBG” onlayn o‘yinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 1.470.000 pullarni o‘tkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborgan va uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan E.A.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, M.I. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar