Soxta treyderlar fuqaroning qariyb 1.300.000 so‘m pulini “uxlatdi”

Foto: Trading psycholgy

Toshkent shahrida yashovchi 22 yoshli B.A. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1.256.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi B.X., B.H va H.A.lar sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi B.X., jabrlanuvchi B.A.ga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilgan va aldov yo‘li bilan 1.256.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishgan. U bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan B.X., B.H va H.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.