Toshkentda Spark skuterni urib yubordi

Фото: кадр из видео

26-iyun kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko’chasi NBU qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.

34 yoshli Spark haydovchisi o‘zi bilan bir yo’nalishda harakatlanib ketayotgan 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi skuter bilan to’qnashuv sodir etgan. Natijada skuter haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda, unda avtomobil haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, skuterni qasddan urib yuborishga harakat qilganini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.