Andijondagi sport maktabida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: kun.uz

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shahrixon sport maktabida yong‘in chiqqani aks etgan video yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.

Joriy yilning 7-sentabr kuni soat 09:40 da Shahrixon tumani Buvaydo MFY Chinobod ko‘chasida joylashgan BO‘SMning hozirda foydalanilmay kelinayotgan yordamchi binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan, soat 09:44 da aytilgan manzilga YoQElari yetib borgan va soat 09:46 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida asosiy o‘quv binosidan alohida bo‘lgan yordamchi binoning jihozlari qisman yonib zararlangan. Ushbu bino foydalanishda bo‘lmagan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.