Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari bugun O‘zbekistonga yetib keladi

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari bugun O‘zbekistonga yetib keladi, deb xabar bermoqda Paralimpiya qo‘mitasi.

Sportchilar bugun soat 18:00 da yetib keladi va Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.

Aeroportda o‘tkaziladigan tantanali kutib olish marosimidan so‘ng, sportchilarimiz o‘tirgan avtobus kortejlari shahar boʻylab harakatlanadi. Chempionlarni munosib kutib olish maqsadida mas’ullar zarur tayyorgarliklarni ko‘rishmoqda.

Xabarda chempionlarning korteji shahar bo‘ylab harakatlanadigan yo‘nalish ko‘rsatib berilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.