Sportchilarimiz Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdi

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida 200 metrga yugurishda saralash bahslari o‘tkazildi. Ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova o‘zining joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi, biroq bu vakilimizni keyingi bosqichga chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi.

Para pauerlifting bo‘yicha ayollar o‘rtasida -50 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova 112 kg natija qayd etib, yakunda 5-o‘rinni egalladi. Ma’lumot uchun, bu Aqidaxon Axtamovaning faoliyatidagi birinchi Paralimpiya o‘yinlari hisoblanadi.

Shuningdek, Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahsi yakunlandi va ushbu dasturda qatnashgan hamyurtimiz Dilafruz Axmadxonova 8.98 metr natija bilan 5-o‘rinni band etdi.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.