Britaniya ittifoqdoshlarini Ukrainaga Rossiyaga Storm Shadow bilan hujum qilishga ruxsat berishga chaqirmoqda
Buyuk Britaniya vazirlari ittifoqdoshlarni Ukrainaga parvoz uzunligi 250 km.gacha bo‘lgan Storm Shadow qanotli raketalari bilan Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat etish zarurligiga ishontirmoqda, deb yozadi The Times. Boshqa G‘arb mamlakatlari, o‘z navbatida, bunday hujumlar ma’qullangan taqdirda, vaziyat keskinlashishi xavfidan xavotirlanmoqda.
Iyul boshida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukrainaga berilgan raketalar xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq ishlatilishi kerakligini aytgandi. O‘shanda u Ukraina yetkazib berilgan quroldan qay tarzda foydalanishni o‘zi hal qila olishini ta’kidlagandi. Keyinroq London Kiyevga Kursk viloyatiga hujumda Storm Shadow’ni qo‘llashga ruxsat bermagani ma’lum bo‘ldi.
12-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududiga hujumlarda uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat olishga erishishini aytdi. Kursk viloyatiga hujumdan keyin Ukraina AQSHdan ATACMS’dan foydalanish uchun ruxsat so‘ragan, ammo rad javobi olgan.
Sharhlar