Ukrainaga Rossiya hududiga Storm Shadow bilan zarbalar berishga AQSH tufayli ruxsat etishmayapti
Vashington amalda Londonga Kiyevga Britaniyada ishlab chiqarilgan uzoq masofali Storm Shadow raketalari bilan Rossiyaga zarbalar berishga ruxsat etishga qo‘ymayapti. Bu haqda The Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Bunday qarorni ma’qullash haqidagi so‘rov bir oydan avvalroq kelib tushgan, ammo javob berilganicha yo‘q.
Nashr manbalari fikricha, bu mavzu AQSH tizimida “ushlanib qolgan”. Manbalardan biri muhokamalar hamon davom etayotganini ta’kidladi. Ikkinchi manba esa buni AQSH uchun “odatiy jarayon” deb atadi. Rossiyaga Storm Shadow raketalari bilan zarbalarni ma’qullash uchun AQSH, Fransiya va yana bitta NATO mamlakati (aynan qaysiligi noma’lum)ning roziligi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya vazirlari ittifoqdoshlarni Ukrainaga parvoz uzunligi 250 km.gacha bo‘lgan Storm Shadow qanotli raketalari bilan Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat etish zarurligiga ishontirayotgani xabar berilgandi. Boshqa G‘arb mamlakatlari, o‘z navbatida, bunday hujumlar ma’qullangan taqdirda, vaziyat keskinlashishi xavfidan xavotirlanmoqda.
12-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududiga hujumlarda uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat olishga erishishini aytdi. Kursk viloyatiga hujumdan keyin Ukraina AQSHdan ATACMS’dan foydalanish uchun ruxsat so‘ragan, ammo rad javobi olgan.
Sharhlar