Sud AutoTuninguz asoschisining o‘limiga sababchi bo‘lgan aybdorga nisbatan qarorni o‘zgartirdi
Toshkentda ikki avtomobil poygasi paytida mashina urib ketishi natijasida halok bo‘lgan AvtoTuninguz asoschisining ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda sud qarorida so‘z boradi.
9-may kuni Sirg‘ali tumani Qumariq ko‘chasida o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘lgandi. Haydovchilar poyga o‘tkazishga qaror qilib, poyga paytida ular bir odamni urib yuborishgandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamning o‘limiga sababchi bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
12-sentyabr kuni jinoyat ishi Toshkent shahar sudida apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.
Sud qarorni o‘zgartirib, jazodan 4 oy jazo muddatini chiqarib tashladi, qolgan jazoni 2 yil sinov muddati bilan shartli deb tan oldi.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, u sud zalida ozod etildi.
Sharhlar