Sud ijrochilari Filipp Kirkorovni jarimalar to‘lanmagani uchun qidiruvga berdi
Rossiyalik qo‘shiqchi Filipp Kirkorov “Rolls-Royce” avtomobilida to‘lanmagan 30 dan ortiq jarimalar tufayli sud ijrochilari tomonidan qidiruvga berilgan edi.
Shot Telegram kanali maʼlumotlariga koʻra, qoidabuzarliklar, jumladan tezlikni oshirish va taqiqlangan joylarda toʻxtash kabi holatlar 2023-yil dekabridan beri qayd etilgan.
Hozirgi vaqtda jarimalarning umumiy miqdori 24 ming rublni tashkil qiladi. Ijro protsessining bir qismi sifatida Kirkorovning avtomashinasini ro’yxatdan o’tkazish faoliyatiga taqiq qo’yildi.
Ulashish:
Sharhlar