Sun’iy intelekt yordamida tayyorlangan feyk axborot tarqalmoqda
Firibgarlar tomonidan instagram ijtimoiy tarmog‘i hamda telegram messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda takroran tadbirkor Alisher Usmonov videotasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish yo‘li orqali go‘yoki “Aliya” nomli kanal orqali internet foydalanuvchilari tez fursat ichida mo‘may daromad olishlari mumkinligi mazmunidagi xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
– Unutmang! Firibgarlarning maqsadi Sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish!,-deyiladi xabarda.
Agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling!
Ulashish:
Sharhlar