O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlar markazlari tashkil etiladi

Фото: ЎзА

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro ma’lumotlar markazlari tashkiloti raisi Mehdi Paryavi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi O’zA.

Uchrashuvda O’zbekistonda barqaror va sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlar markazlarini tashkil etish hamda O‘zbekistonni IT  markazga aylantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Xususan, Xalqaro ma’lumotlar markazlari tashkiloti raisi raqamli infratuzilmani rivojlantirishda ma’lumotlar markazlarining o‘rni va huquqiy asoslarini yaratish muhimligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda AQSh, Yevropa mamlakatlari, Malayziya va Filippin davlatlarining tajribasi bo‘yicha fikrlar almashildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar O’zbekistonda raqamli infrastruktura milliy standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.