“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilanib, “super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda. Shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
- oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
- moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda.
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda.
Sharhlar