Ombori mudiri aholi uchun ajratilgan 1 470 tonna ko‘mirni sotib, pulini o’zlashtirdi

Foto: departament.uz

Departamentning Uzun tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.M. “Erkinlik” MFY hududidagi noturar binoda saqlab kelgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan har bir qopi 20 kg. bo‘lgan jami 5 000 qop ko‘mirni fuqaro A.A.ga 100 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Uzun tumani ombori mudiri E.R. kuz-qish mavsumida tuman aholisi va tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun olib kelingan umumiy bahosi 447,2 mln so‘m bo‘lgan jami 1 470 tonna ko‘mirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborib davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi, xususan 2023-yilning sentabr oyida tadbir davomida ushlangan F.M.ga 180 tonna ko‘mirni 120 mln so‘mga sotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.