Surxondaryo viloyatida 11-sinf o‘quvchisi oltinchi qavatdan yiqilib halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida 29-oktabr kuni qiz bola ko‘p qavatli uy derazasidan qulab tushdi va vafot etdi, deb xabar beradi “Zamon” dasturi.
Voqea Denov tumanidagi Buyuk Kelajak mahallasida sodir bo‘lgan. 11-sinf o‘quvchisi oilasi bilan 13-qavatda yashagan. 16 qavatli uyning 6-qavatidan qiz qulab tushgan va olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, qizning oilasi 2023-yilda yangi yashash joyiga ko’chib o’tgan. Marhumning uchta ukasi bor edi, u oilaning eng kattasi.
Qiz o‘qigan 82-maktab direktori o‘rinbosari uning tirishqoq o‘quvchi ekanligini, doim a’lo baholarga o‘qiganini aytgan. “U darsga vaqtida kelardi va har doim yaxshi baholar olardi. U hech qachon o‘quvchilar bilan janjallashmagan”, dedi u.
Sharhlar