Surxondaryo viloyatida tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi aniqlandi

Фото: Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi |Rasmiy kanal

“Ayritom” bojxona postida Surxondaryo bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yuk mashinasida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan fuqaro T.A. qo‘lga olindi.

Avtotransport vositasini rentgen tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida xodimlarda shubha paydo bo‘lgani bois chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida avtomashina saloniga yashirilgan 421 quti “Esse change” markali sigaretalar topildi.

Yana bir holatda, xuddi shu yuk mashinasining o‘rindiqlari orqasidan xuddi shu markadagi yana 300 quti sigaret topilgan.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.