Surxondaryo viloyatida yuz bergan baxtsiz hodisa minglab uylarni gazsiz qoldirdi
Surxondaryo viloyatida avtomobil to‘qnashuvi oqibatida gaz quvurida sodir bo‘lgan avariya tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Bugun, 18-oktabr kuni soat 01:30 atrofida Denov tumanining “Olovuddin” mahallasi hududidan o‘tuvchi yuqori bosimli gaz quvuriga avtomashina urilib ketdi. Hodisa oqibatida 3950 ta xonadon va 20 ta yirik iste’molchi gazsiz qolgan.
Gaz taʼminoti tashkiloti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, gaz taʼminotini tiklash boʻyicha tezkor ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.
Ulashish:
Sharhlar