Surxondaryo viloyatining Muzrabod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Alisher Qurbonov Surxondaryo viloyati Muzrobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Yangi lavozimida u tumanni so‘nggi ikki yil davomida boshqarib kelgan Abdurashid Ismoilov o‘rnini egalladi.
Alisher Qurbonov 1973-yilda Muzrobod tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent qishloq xo‘jalik institutini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini xo‘jalik tashkilotchisi va huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Qurbonov mehnat faoliyati davomida huquqni muhofaza qilish organlari va xususiy sektorda turli lavozimlarda ishlagan. Bu lavozimga tayinlangunga qadar fermer xo‘jaligi mudiri bo‘lib ishlagan.
Ulashish:
Sharhlar