Surxondaryoda avariya natijasida 700 xonadon gazsiz qoldi
6-noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Bogʻiston” MFY hududidan oʻtuvchi gaz quvuriga “Cobalt” avtomashinasining urilishi natijasida avariya holati sodir boʻlgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati yozmoqda.
“Buning natijada soat 11:00 dan “Bogʻiston” va “Gazarak” MFY hududidagi 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji isteʼmolchining tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi”, – deyiladi xabarda.
Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ulashish:
Sharhlar