Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan fuqaro qidirilmoqda

Surxondaryolik 37 yoshli erkakni topishga yordam bergan shaxsga 5 million mukofot puli beriladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumani «Elobod» mahallasida yashovchi, 1987 yil tug‘ilgan Axmedov Furqat Qurbonovich 2024 yil 09 may kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘ralmoqda:

102;
+998-91-232-01-01;
+998-88-875-02-00;

Yo‘qolgan erkakni topishda ko‘maklashgan fuqarolar 5 000 000 (besh million) so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ularning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.