Surxondaryoda bog’cha tarbiyachisi 5 yoshli bolani kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda 5 yoshli bola bog‘chada kaltaklanganligi aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, ushbu voqea joriy yilning 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan.
Tarbiyachi A.G. mashg‘ulot davomida 2019-yilda tug‘ilgan M.I. (o‘g‘il bola) beodoblik qilgani uchun go‘yoki uni tarbiyalash maqsadida qo‘lidagi chizg‘ich bilan urgan.
Hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ta’lim muassasalarida bolalarga nomaqbul muomalada bo‘lish va jismoniy jazo qo‘llash holatlari javobsiz qolishi mumkin emas. Bunga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanilishi zarur.
Sharhlar