Surxondaryoda prokuror 10 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotganda ushlandi
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda nashrimizga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, “29-iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori “YERS” MCHJga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish bilan bog‘liq masalalariga ko‘maklashish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan”, – deyiladi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Sharhlar