Surxondaryoda tabiiy qum xom ashyosini noqonuniy qazib olayotgan fuqaro qo’lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.Ch. tegishli tartibda ruxsatnoma olmasdan tumandagi “Qoraqir” mahallasi hududidagi yer maydonidan maxsus texnikalar yordamida 18,9 ming kub hajmdagi tabiiy qum xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olganligi aniqlandi.
Fuqaro M.Ch. natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar