Surxondaryoda yo‘l-patrul xizmati xodimini haqorat qilgan aka-ukalar 10 sutkaga qamaldi
YPX xodimini haqoratlagan va uning talabini bajarmagan huquqbuzarlarga nisbatan chora ko‘rilgani haqida viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
26-iyun kuni Denov tumanida “Gazel” rusumli avtomashinada bo‘lgan ikki aka-uka hujjatlarni tekshirish vaqtida YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, uni behayo so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shu kuni ular bo‘limga olib ketilib, ish bo‘yicha to‘plangan materiallar sudga o‘tkazildi.
Sud ushbu shaxslarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik), 194 (Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) va 34 (Bir nechta huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topdi.
Ularga 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Sharhlar