Toshkentning Yunusobod tumanini suv bosdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarini suv bosgani haqida xabarlar tarqalmoqda. 5, 6, 7-dahalarida texnogen suv bosish hodisalari kuzatilayotgani aytilmoqda.
“Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ holat yuzasidan ma’lumot e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, Yunusobod tumanining Moyqo‘rg‘on va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasidagi 1200 mm quvur yorilib ketib, quvurdagi yuqori bosimli suv hududlarni bosishi mumkin.
“Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6-tor ko‘chalari, G’ishtqo‘rg‘on ko‘chalari, Astrabod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu bilan birga ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.
Sharhlar