Suv omborining O‘zbekistonga berilishini tanqid qilganlarni oqlagan sudya iste’foga chiqdi
14-iyun kuni Kempirobod suv ombori ishi bo‘yicha 22 nafar ayblanuvchini oqlagan Qirg‘izistonning Pervomay tuman sudi sudyasi Marat Sidiqov o‘z xohishi bilan lavozimini tark etdi. Bu haqda huquq himoyachisi Aziza Abdirasulova ma’lum qildi .
Ish 2022-yil oktabr oyida “ommaviy tartibsizliklar tayyorlashda” ayblanib, suv omborining O‘zbekistonga o‘tkazilishiga ochiqchasiga qarshi chiqqan faollar va siyosatchilarning hibsga olinishi bilan bog‘liq.
Ulashish:
Sharhlar