Toshkentning ikkita tumanida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ iste’molchilarga ichimlik suv bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligini ma’lum qildi.
5-sentabr soat 09:00 dan 6-sentаbr 21:00 ga qadar quyidagi hududlarda suv bo‘lmaydi:
Bektemir tumani bo‘yicha:
“Mirishkor”, “Rohat”, “Majnuntol”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Iyk ota”, “Abay”, “Gulbog‘”, “Husayn Boyqaro”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Sohil”, “Musaffo” mahallalari hamda “Vodnik” issiqlik markazida;
Yunusobod tumani bo‘yicha:
“Islomobod”, “Hasanboy”, “Sharq haqiqati” mahallalarida.
Ulashish:
Sharhlar