Suv taqsimlash inshooti 1,2 mlrd soʻmlik elektr energiyasini o’g’irladi

Фото: УзА

Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi “K.I.S.T.” MChJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulaganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu holat sababli elektr taʼminoti korxonasi manfaatiga 1 milliard 265 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

“Oʻzenergoinspeksiya”ning xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.