Toshkentdagi “Pushkin” xiyobonida zamonaviy suv tushar bog‘ barpo etiladi

Foto: Yakkasaroy hokimligi

14-sentabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “ATECA HOTEL SUITES” mehmonxonasida Yakkasaroy tumanidagi “Pushkin” xiyoboni hududini zamonaviy suv tushar bog‘ barpo etish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanjar Tadjiyev, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, “Koç Construction” qurilish kompaniyasi rahbar xodimlari, Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Pushkin” hiyobonida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bog‘ hududi zamonaviy dizaynda bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, “Koç Construction” qurilish kompaniyasi mas’uli Bahri Saka uchrashuv ishtirokchilariga bog‘ hududida olib boriladigan ishlarning loyihasi bilan tanishtirib o‘tdi.

Qolaversa, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi, gastronomik turizm ko‘chasiga aylantirish loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradigan tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo, ko‘ngilochar, gastronomik va turizm ko‘chasiga aylantirish, ushbu ko‘chadagi mavjud bino va inshootlarni zamonaviy qiyofaga keltirish, jumladan, qurilish-ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va hududni obodonlashtirish haqida tanishtirildi.

Ma’lumot uchun:

  • Gastronomik turizm ko‘chasida velosepitlar uchun uzunligi 1,6 km maxsus yo‘lak. 40 dona zamonaviy o‘rindiqlar;
  • Imkoniyati cheklangan insonlar uchun 10 ta joyda maxsus panduslar o‘rnatiladi;
    1,5 km maydonda yashil hudud barpo etiladi;
  • Avtobuslar uchun mavjud 6 ta bekat to‘liq zamonaviy rekonstruksiya qilinadi. Hududda xojatxonalar tashkil etiladi;
  • Hududdagi kesib o‘tuvchi yer osti yo‘laklarga imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 4 dona pandus qoyiladi va 2 ta chorraxadagi yer osti yo‘laklari rekonstruksiya qilinadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.