“Suzib ketgan pullar” fosh etildi
O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan terma jamoa a’zosi bo‘lmagan, aslida Federatsiya Bosh kotibi A.G.ning oila a’zolari bo‘lgan N.G., M.G va boshqa jami 15 nafar fuqarolarni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln. so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.
Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv – mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, Federatsiyaga xalqaro musobaqa va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd. so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar