Toshkentning uchta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlariga 3-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
Gaz quyidagi hududlarda bo‘lmaydi:
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 14:30 gacha): “Do‘stlik” va “Chingeldi” MFYlari
Aholi isteʼmolchilari soni: 1320 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 28 ta
Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Nurli yo‘l” MFY Yashil vodiy, Shodiyona, A.Ikromov, A.Temur, Bektemir shox ko‘chalari, “Zabardast” MFY Yangi hayot ko‘chasi
Aholi isteʼmolchilari soni: 476 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta
Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Mirishkor” MFY
Aholi isteʼmolchilari soni: 510 ta yerli xonadon
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Sharhlar