Toshkentning ikkita tumani aholisiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Taʼmirlash ishlari tufayli Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 12-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz” xabar bermoqda.
Ushbu hududlar quyidagilar:
Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Otchopar 2” MFY Oltin Meros 1-2-3-tor ko‘chalaridagi 180 ta yerli xonadon;
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta
Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: “Buyuk Turon” MFY Oloy berk ko‘chasi 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 160 ta xonadon
Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni: Bog‘iravon ko‘chasi 33 ta ko‘p qavatli uylardagi 120 ta xonadon
Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi isteʼmolchilari soni
Markaz 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1550 ta xonadon;
O‘rda massivi ko‘p qavatli uylaridagi 320 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 21 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
Sharhlar