Toshkentning ikkita tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlariga 3-oktabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 ga qadar)
Aholi isteʼmolchilari soni:
- Yangi Olmachi MFY Olmachi ko‘chasida – 289 ta yerli xonadon
- Ko‘p qavatli uylar 4 ta – 300 ta xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar – 4 ta
Sergeli tumani (soat 10:00 dan 18:00 ga qadar)
- Sofdil MFY Sergeli 4 ko‘chasida – 104 ta yerli xonadon
- Sergeli 6a mavzesida 23 ta ko‘p qavatli uylarda 2514 ta xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar – 8 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ulashish:
Sharhlar