Guliston shahrida tadbirkor pullarini qo‘lgan kiritgan ETK boshlig‘i ushlandi
Sirdaryo viloyati Guliston shahri elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i tadbirkordan 90 mln so‘m olishda gumonlanmoqda, deb yozmoqda Bosh prokuratura Departamenti matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, “Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahar ETK boshlig‘i D.N. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “G.S.K.” MCHJning elektr ta’minotidan 202,5 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga MCHJ nazoratchisi A.G.dan 90 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, – deyiladi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar