Firibgar tadbirkorga 10 000 AQSH dollari evaziga qurilish ishlari uchun ruxsatnoma olib bermoqchi bo’ldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. “X.T.” MCHJ tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahrida qurilayotgan sport maktabi binosining yuqori qavatiga turar-joy binosini qurishga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ruxsatnoma olib berishi evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar