Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
2027 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).
Avval ushbu imtiyoz 2023 yilning 1 yanvariga qadar berilgan edi.
Sharhlar