Taekvondochimiz Dilmurod Ma’rufjonov jahon chempionida oltin medalga sazovor boʻldi!
Koreya Republikasining Chuncheon shahrida oʻtkazilayotgan taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi. -45 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Dilmurod Ma’rufjonov oltin medalga sazovor boʻldi.
Hamyurtimiz murosasiz kechgan final bahsida meksikalik Xuan Rodrigesni 2:0 (18:15, 14:6) hisobida magʻluboyatga uchratishga erishdi. Musobaqada ishtirok etayotgan qolgan sportchilarimizga ham mana shunday muvaffaqiyat tilan qolamiz. Barakalla, Dilmurod!
Ulashish:
Sharhlar