Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan Tahoe’da soatiga 110 km tezlikda harakatlandi (video)

Фото: НОК

2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘z Instagram’iga yo‘l harakati qoidalarini buzayotgani aks etgan videoni joyladi va keyinroq uni o‘chirib tashladi.

Videoda sportchi Tahoe avtomobilini boshqarib, Toshkent markazida soatiga 110 km tezlikda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Ammo yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, poytaxtda maksimal harakatlanish tezligi soatiga 60 km.ni tashkil qiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.