Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlab, bir qator takliflarni bildirdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zladi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining BMT rahbariyati, davlat rahbarlari va sessiyada ishtirok etayotgan delegatsiyalarga tinchlik va farovonlik ezgu tilaklarini yetkazdik. Biz dunyoning ko‘p nuqtalarida notinchliklar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Iqlim o‘zgarishi, kambag‘allik, texnologik nomutanosiblik kabi dolzarb muammolarni hal qilishda barchani yaqinroq global hamkorlikka chaqiramiz. Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etish bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi”, — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston quyidagilarni taklif qiladi:
— rivojlanayotgan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya tizimini isloh qilish;
— barcha uchun xavfsiz, foydalanish mumkin bo’lgan raqamli texnologiyalar bilan ta’minlash;
— iqlim o’zgarishiga qarshi kurash bo’yicha xalqaro hamkorlikni, ayniqsa Markaziy Osiyoning zaif mintaqalarida kuchaytirish;
— ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;
— terrorizm va korruptsiyaga qarshi kurashishda harakatlarimizni birlashtirish;
— Markaziy Osiyo va undan tashqarida transport koridorlari va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;
— Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolari uchun oʻquv markazini Global oʻquv markaziga aylantirish.
Sharhlar