Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?

Foto: care 24

Talaba farzandli bo‘lgan paytida, OTMdan suyunchi puli ololmaydi, bu xabar noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas. Tizim avtomatlashtirilgan bo’lib, ota-onasining biring plastik kartasiga tushadi.

Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunchi puli” deyiladi.

Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga bir xil miqdorda beriladi.

Lekin, 4 yil oldin ushbu “suyunchi puli”ni ishlayotganlar ish joyidan, o‘qiyotganlar o‘qish joyidan, ishsizlar esa Pensiya jamg‘armasidan olar edi.

Bugungi kunda bola tug‘ilganida avtomatlashgan tizimning o‘zi JShShIR raqam beradi, tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun ariza yuboradi, bog‘chaga navbatga qo‘yadi, poliklinikaga ro‘yxatga kiritadi. Xuddi shunday “suyunchi puli” ham ota-onadan birining plastik kartasiga avtomat tushiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.