Talabalardan ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun ariza qabul qilish boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
- kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
- shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
- “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz
Ulashish:
Sharhlar