Talabalarni ijaraga qo’ygan uy egalari daromad solig’i to’lamaydi
Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromad turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu moddaning 19-prim 1-bandida, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi deb ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi asosga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga qo‘yish orqali ijara haqidan daromad topayotgan shaxslarning ushbu daromadlaridan daromad solig‘i olinmaydi.
Ma’lumot uchun, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining bir qismi Davlat budjetidan qoplab berilishi reja qilingan.
Ulashish:
Sharhlar