Saida Mirziyoyeva “Tamerlano” operasi premyerasida ishtirok etdi
O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 2-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida rejissyor Stefano Poda talqinidagi “Tamerlano” operasining premyerasida qatnashdi.
Jorj Friderik Handelning (1685-1759) original musiqasi bastakor Kirill Rixter sayqalida, oʻzbek milliy cholgʻu asboblari jo‘rligida orkestr tomonidan ijro etildi.
Operaning jahon premyerasi bundan roppa-rosa 300 yil muqaddam 1724-yilda bo‘lib o‘tgan — bu G‘arbiy Yevropa musiqa san’atining Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurga bag‘ishlangan durdona asari edi.
“Bu premyera biz uchun o‘tmish va bugunni bog‘laydigan muhim madaniy voqeadir”, — deya qayd etdi Saida Mirziyoyeva.
Ulashish:
Sharhlar