Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
Bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorlariga asosan, lavozimlarga tayinlangan va tasdiqlagan bir qator nomzodlar Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat a’zolariga tanishtirildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar bermoqda.
Xususan, Abduvaqqos Vohidovich Rafiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi;
Azim Israilovich Axmedxadjayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;
Olimjon Muxamadjanovich Umarov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;
Jamshid Yunusovich Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Amriddin Nasriddinovich Abduraxmonov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining yo‘l xo‘jaligi sohasiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
Sharhlar